Shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi bo'lmagan, tashqi belgilari bilan o'ziga o'xshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida ko'rsatiladi. Tanib olish uchun ko'rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam bo'lmasligi kerak.
Tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko'rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi.
Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun ko'rsatiladigan o'zga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim.
Shaxsni tanib olish uchun ko'rsatishning iloji bo'lmaganda yoxud xavfsizlikni ta'minlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin.
Tanib olish uchun jadval qog'ozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari ko'rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko'rsatiladi.
Tanib oluvchining xavfsizligini ta'minlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun ko'rsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga ko'ra tanib olinuvchining tanib oluvchini ko'rib turishi istisno etiladigan sharoitlarda o'tkazilishi mumkin. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-процессуальный кодекс
127-modda. Shaxsni tanib olish uchun ko'rsatish tartibi
(127-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Shaxsni tanib olish — bu guvohning yoki qurbonning o'ziga ma'lum bo'lgan odamni, politsiyada ko'rsatilgan bir nechta odam orasidan topib chiqishi. Tanib olish jarayonida kamida uchta odam ko'rsatiladi, ular bir xil tashqi belgilarga ega bo'lishi kerak. Tanib olinuvchi o'zi istagan joyni tanlashi mumkin.
**Kimga tegishli**
Bu tartibi tergovchi, prokuror yoki sud qo'llaydi.
**Amalda**
Politsiya o'ziga shubhali bo'lgan odamni uchta boshqa odamning orasiga qo'yadi. Guvoh yoki qurbonni alohida xonada o'tkazib, unga "Siz bu odamlarning orasida o'ziga ma'lum bo'lgan odamni ko'ryapsizmi?" deb so'raydi. Agar guvoh "Ha, uchinchi odam" desa, tanib olish muvaffaqiyatli bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.