Yuzlashtirish o'tkazish chog'ida ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan so'roq qilishning umumiy qoidalariga, shuningdek ushbu bobning quyidagi qoidalariga rioya qilinadi.
Yuzlashtirib so'roq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi har bir so'roq qilinuvchidan navbat bilan ularning o'zaro tanishligi yoki tanish emasligini, o'zaro munosabatlari qanday ekanligini so'raydi va javoblarini tinglaydi. Shundan so'ng har bir so'roq qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar to'g'risidagi savollarga javob berish taklif qilinadi. Basharti qarama-qarshilik bir nechta masalaga yoki bir nechta holatga taalluqli bo'lsa, yuzlashtirishda har ikki so'roq qilinuvchi bir masala yoki bir holat bo'yicha ko'rsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat to'g'risidagi savollar berilishi mumkin.
Yuzlashtirish chog'ida so'roq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa so'roq qilinuvchiga savol berishi mumkin. Sud majlisida so'roq qilinuvchilarning har ikkalasiga xalq maslahatchilari, shuningdek taraflar savol berishlari mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi ish uchun jiddiy ahamiyatga ega bo'lmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli bo'lmagan savollarni chetlatishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-процессуальный кодекс
123-modda. Yuzlashtirish o'tkazishning tartibi
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Yuzlashtirish o'tkazish — bu jinoyat ishida qarama-qarshi ko'rsatmalar berayotgan ikkita shaxsni bir vaqtda so'roq qilish jarayoni. Buning maqsadi — ularning gaplarini taqqoslash va haqiqatni aniqlash. So'roq qilish maxsus tartibga rioya qilib olib boriladi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida surishtiruvchi, tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi shaxslarni boshqaradi.
**Amalda**
Agar A shaxs "Men pul bermadim" desa, B shaxs "U menga 100 ming so'm berdi" desa, sudya ularni yuzlashtirib so'roq qiladi. Avval ularning o'zaro munosabatini biladi, keyin qarama-qarshilik haqida savol beradi. Har bir javobdan so'ng keyingi savol beriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.