Guvoh yoki jabrlanuvchi protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik to'g'risida ogohlantirilganidan keyin jabrlanuvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar bilan o'zaro munosabatlari, guvoh esa, shuningdek jabrlanuvchi bilan o'zaro munosabatlari to'g'risidagi savollarga javob beradi. Shundan so'ng so'roq qiluvchining taklifiga ko'ra guvoh yoki jabrlanuvchi ish bo'yicha o'zlari bilgan barcha ma'lumotlarni aytib beradilar. Ular ish uchun ahamiyatli bo'lgan yoki ahamiyatli bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday holat to'g'risida, shu jumladan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va protsess boshqa ishtirokchilarining shaxsi haqida ham ko'rsatuvlar berishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
119-modda. Guvoh va jabrlanuvchining ko'rsatuvlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.