Jinoyat-protsessual kodeksi

11-modda. Qonuniylik

(11-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart. Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko'ra yuz berganidan qat'i nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.