Qo'shimcha so'roq quyidagi hollarda o'tkaziladi:
1) so'roq qilinuvchi ishning o'ziga ma'lum bo'lgan barcha holatlari to'g'risida ko'rsatuv bera olishi uchun ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan so'roqning umumiy davom etish vaqti yetarli bo'lmasa;
2) so'roq qilingan shaxs ilgari bergan ko'rsatuvlarini to'ldirish yoki o'zgartirish istagini bildirsa;
3) ayblanuvchiga yangi yoki o'zgartirilgan yoxud qo'shimcha ayblov e'lon qilinsa;
4) surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari so'roq qilingan shaxsning ko'rsatuvlari to'g'ri yozilganligini prokuror qo'shimcha so'roq qilish yo'li bilan tekshirib ko'rishni lozim topsa;
5) boshqa surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari so'roq qilingan shaxsning ko'rsatuvlari to'g'ri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan surishtiruvchi yoki tergovchi qo'shimcha so'roq qilish yo'li bilan tekshirib ko'rishni lozim topsa;
6) ilgari so'roq qilingan shaxsga berilishi kerak bo'lgan ish uchun muhim yangi savollar tug'ilsa;
7) shaxs so'roq qilinganidan keyin ishga kirishgan zaxiradagi xalq maslahatchisi ushbu shaxsni yangitdan so'roq qilishni talab qilsa.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
108-modda. Qo'shimcha so'roq
(108-модданинг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.