Jinoyat kodeksi

93-modda. Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarining turlari

(93-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)

Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari jumlasiga quyidagilar kiradi: a) yashash joyi bo'yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo'lish va davolanish; b) yashash joyi bo'yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo'limida majburiy davolanish; v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo'limida majburiy davolanish; g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish; d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko'rsatish bo'limlarida hamda mahkumlarga mo'ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo'lish va davolanish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.