Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxs, agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini e'tiborga olib, uni jazo qo'llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa, javobgarlikdan ozod qilinib, ish bolalar masalalari bo'yicha komissiyada ko'rishga topshirilishi mumkin.
Besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutilgan uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan yoki ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxsni, mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lsa, sud jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishi shart.
Voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o'z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo'lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to'la ravishda anglab yetmasa, sud jazo o'rniga majburlov chorasi qo'llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko'rib chiqishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
87-modda. Majburlov choralarini qo'llagan holda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish
(87-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.