Jinoyat kodeksi

83-modda. Axloq tuzatish ishlari

(83-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)

Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o'z ish joyida o'tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o'zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o'tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. Voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o'ndan bir qismidan ko'prog'ini o'tashdan bo'yin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning o'talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.