Jinoyat kodeksi

79-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi

(79-модда Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-345-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — ЎР ҚҲТ, 2013 й., 1-сон, 1-модда)

Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tab bo'lganidan keyin unga nisbatan ma'muriy jazo yoki intizomiy ta'sir choralari qo'llanilmagan bo'lsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o'tab chiqqan shaxsning o'zi bergan iltimosnomasiga ko'ra sud ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi o'tganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin. Ushbu Kodeksning 178 — 184, 185 — 185², 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko'p zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida to'rtdan bir qismi o'tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin. O'n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tab chiqqan shaxslar hamda o'ta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni o'tab chiqqanidan keyin o'n besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin. Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin. Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.