Jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko'zlamaydi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo'ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi qo'llanilishi kerak.
Jazolashdan ko'zlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo'llash orqali erishib bo'lmaydigan taqdirdagina og'irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
7-modda. Insonparvarlik printsipi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.