Jinoyat kodeksi

67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish

(67-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)

Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar o'z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan bo'lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilishi mumkin. Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o'tmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari sud tomonidan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilgan kundan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.