Jinoyat kodeksi

60-modda. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash

(60-модда Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги ЎРҚ-99-сонли Қонуни асосида учинчи ва тўртинчи қисмлар билан тўлдирилган — Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й., 6-сон, 248-модда)

Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni to'la o'tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm bo'yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o'talmay qolgan jazo muddatini to'la yoki qisman qo'shadi. Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni qo'shish yo'li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og'irroq turi uzil-kesil tayinlanadi. Agar hukmlardan biri bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan bo'lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo'shishda yengilroq jazo turini umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi. Agar hukmlardan biri bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo'lsa, bir necha hukmlar yuzasidan jazolarni qo'shishda yengilroq jazoni og'irrog'i bilan qoplash yoxud jazolarni to'la yoki qisman qo'shish yo'li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bo'yicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul ta'minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qo'shiladi. Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay qolgan qo'shimcha jazolar hukmlar jami tariqasida tayinlangan asosiy jazoga qo'shib tayinlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.