Jinoyat kodeksi

59-modda. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash

(59-модданинг саккизинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)

Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo'lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo'lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so'ngra tayinlangan yengilroq jazoni og'irrog'i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to'la yoki qisman qo'shish yo'li bilan jinoyatlar majmui bo'yicha jazo tayinlaydi. Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og'irrog'i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to'la yoki qisman qo'shish yo'li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og'iri uchun nazarda tutilgan eng ko'p jazo muddatidan yoki me'yoridan ortiq bo'lmasligi lozim. Agar jinoyatlar majmuini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat bo'lsa, ushbu Kodeksning Umumiy qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to'la yoki qisman qo'shish yo'li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi. Sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni to'la yoki qisman qo'shish yoxud yengilroq jazoni og'irrog'i bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanadi. Jinoyatlar majmui bo'yicha har xil turdagi jazolarni qo'shish yo'li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og'irroq turi uzil-kesil tayinlanadi. Jinoyatlar majmui bo'yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo'shimcha jazolarni ham qo'shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo'shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu Kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko'p muddatdan ortiq bo'lmasligi lozim. Agar ish bo'yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo'yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o'sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmui bo'yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o'talgan qismi qo'shib hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.