Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo'llanilishi mumkin:
a) jarima;
b) muayyan huquqdan mahrum qilish;
b¹) majburiy jamoat ishlari;
v) axloq tuzatish ishlari;
g) xizmat bo'yicha cheklash;
d¹) ozodlikni cheklash;
ye) intizomiy qismga jo'natish;
j) ozodlikdan mahrum qilish;
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo'shimcha jazo ham qo'llanilishi mumkin.
Xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo'natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo'llaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo'shimcha jazo tariqasida ham qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
43-modda. Jazo tizimi
(43-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонунига асосан «б¹» банд билан тўлдирилган — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.