Jinoyat kodeksi

32-modda. Takroran jinoyat sodir etish

Ushbu Kodeks Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko'rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo'lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom bo'lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo'lgan jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo'lsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo'naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o'xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo'lgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi. Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo'lib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho'zilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.