Jinoyat kodeksi

291-modda. Qorovul xizmatini o'tash qoidalarini buzish

(291-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)

Qorovul (soqchilik) xizmati ustav qoidalarini qorovul tarkibiga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo'lsa, — ikki yilgacha xizmat bo'yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) badanga og'ir shikast yetkazilishiga; b) odam o'lishiga; v) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.