Jinoyat kodeksi

277-modda. Bezorilik

(277-модда иккинчи қисми диспозициясининг «д» банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do'pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o'zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog'liq holda sodir etilsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Bezorilik: a) badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazib: b) bir guruh shaxslar tomonidan; v) sovuq qurol yoki kishining sog'lig'i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo'lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo'llash bilan qo'rqitib yoxud qo'llab; g) o'z mazmuniga ko'ra umum e'tirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o'taketgan behayolik bilan; d) yosh bola, qariya, nogironligi bo'lgan shaxs yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo'rlab; ye) ko'p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib sodir etilgan bo'lsa, — uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bezorilik: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) o'qotar qurolni namoyish qilib, uni qo'llash bilan qo'rqitib yoki qo'llab; v) ommaviy tadbirlar o'tkazilayotgan vaqtda; g) jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko'rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko'rsatib sodir etilgan bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.