Уголовный кодекс

276⁶-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta'sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta'sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o'tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo'natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o'tkazish yoxud ularni o'tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo'natish yoki o'tkazish, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmishlar: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 276⁵, 276⁷, 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tash joylarida; g) ta'lim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (o'quvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (o'quvchilar) tomonidan o'quv, sport yoki jamoat tadbirlarini o'tkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda; d) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan; ye) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmishlar: a) o'ta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab; v) ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o'z ixtiyori bilan aybini bo'yniga olish to'g'risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta'sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Bu modda qonunga xilof ravishda zaharli va kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni tayyorlash, saqlash, tashish yoki sotishni jinoiy jinoyat deb belgilaydi. Giyohvandlik vositalari emas, lekin insonni zarar yetkazadigan boshqa moddalar haqida gapitiladi. **Kimga tegishli** Bu qonun O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga va bu moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kirituvchi har bir shaxsga tegishli. **Amalda** Agar kimdir zaharli kimyoviy moddani sotish maqsadida tayyorlasa yoki Internet orqali sotsa, 5 yildan 10 yilgacha qamoqqa olinadi. Agar bu jinoyat maktabda yoki bolalar oromgohida sodir bo'lsa, jazo yanada og'irroq bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.