Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o'tish va davolanish, karantinni o'tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo'lgan davrda muloqotda bo'lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish to'g'risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish odamning o'limiga sabab bo'lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish odamlarning o'limiga sabab bo'lsa, —
yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
276¹³-modda. Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
(276¹ — 276¹³-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.