Haydovchilarning transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida boshqarishi, shunday qilmish yoxud mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan o'tishdan bo'yin tovlaganligi uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida ekanligini aniqlash uchun tekshiruvdan o'tishdan bo'yin tovlashi, shunday qilmish yoxud transport vositalarini mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida boshqarganligi uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
261¹-modda. Transport vositasini mastlik holatida boshqarish yoki tekshiruvdan o'tishdan bo'yin tovlash
(261¹-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.