Jinoyat kodeksi

26-modda. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish

Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko'rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to'xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo'lsa, ushbu Kodeks bo'yicha javobgarlikka tortiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.