Jinoyat kodeksi

25-modda. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish

Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra sodir etilishi boshlangunga qadar to'xtatilgan bo'lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko'rish deb topiladi. Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra oxiriga yetkazilmagan bo'lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu Kodeks Maxsus qismining tamom bo'lgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.