Jinoyat kodeksi

244⁵-modda. Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatish

(244⁵-модда Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 26 мартдаги ЎРҚ-613-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 26.03.2020 й., 03/20/613/0362-сон)

Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ma'lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog'i orqali tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.