Jinoyat kodeksi

241¹-modda. Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish

(241¹-модда матни Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 20 июлдаги ЎРҚ-485-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.07.2018 й., 03/18/485/1552-сон)

Jinoyatlar to'g'risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish yoki ko'rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) takroran sodir etilgan bo'lsa; b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa; v) og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.