Jinoyat kodeksi

238-modda. Yolg'on guvohlik berish

(238-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Yolg'on guvohlik berish, ya'ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chog'ida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg'on ko'rsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolg'on xulosa berishi, xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto'g'ri tarjima qilishi — uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko'rish chog'ida yolg'on ko'rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg'on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto'g'ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og'dirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta'sir ko'rsatish yoki boshqacha tarzda ta'sir ko'rsatish orqali yolg'on ko'rsatuv berishga majbur qilish — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) uyushgan guruh manfaatlarini ko'zlab; b) og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.