Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari bo'yicha dalillarni to'plash, tekshirish va baholash chog'ida g'arazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg'on ma'lumotlarni kiritishda va o'zga buzib ko'rsatishlarda namoyon bo'ladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi), —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa;
b) shaxsni ushlab turishga, qamoqqa olishga, jinoiy javobgarlikka tortishga yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etishga, hukm qilishga yoxud oqlashga sabab bo'lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat to'g'risidagi jinoyat ishi bo'yicha dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish), xuddi shuningdek dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) og'ir oqibatlarga olib kelgan bo'lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn230¹-modda. Dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)
(230¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Dalillarni soxtalashtirish — bu jinoyat ishlari bo'yicha hujjatlarga, fotosuretlarga yoki buyumlarga bilaman yolg'on ma'lumot kiritish yoki ularni buzib ko'rsatishdir. Masalan, guvohnoma falsifikatsiya qilish, suratni o'zgartirish yoki haqiqiy bo'lmagan buyumni dalil sifatida taqdim etish.
**Kimga tegishli**
Bu jinoyat isbotlashda ishtirok etayotgan shaxslar — tergovchi, sudya, guvohlar yoki ekspertlar tomonidan sodir etilishi mumkin.
**Amalda**
Politsiyachi jinoyat ishlida guvohning qo'l imzosini falsifikatsiya qildi va uni haqiqiy dalil sifatida sudga taqdim etdi. Natijada ayblanuvchi noto'g'ri qamoqqa olinib, 3-5 yil ozodligi cheklandi. Politsiyachi esa 3-5 yil ozodligidan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.