Yer uchastkasini noqonuniy olib qo'yish shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Yer uchastkasining noqonuniy olib qo'yilishi olib qo'yilayotgan yer uchastkasidagi binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni yoxud ularning qismlarini, mazkur mol-mulkning bozor qiymati, shuningdek uning mulkdoriga bunday olib qo'yish munosabati bilan yetkazilgan zararning o'rni oldindan va to'liq qoplanmagan holda buzib tashlashga sabab bo'lsa, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud muayyan huquqdan mahrum etib uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakatlar ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday harakatlar ko'pchilik uchun xavfli bo'lgan usulda yoki juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
muayyan huquqdan mahrum etib besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
229⁵-modda. Yer uchastkasini noqonuniy olib qo'yish
(229⁵-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 январдаги ЎРҚ-667-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2021 й., 03/21/667/0035-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.