Jinoyat kodeksi

227¹-modda. Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, o'tkazish yoki ulardan foydalanish, shuningdek ularni qalbakilashtirish

(227¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)

Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya (kuzov, shassi (rama), dvigatel) raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, o'tkazish yoki ulardan foydalanish, shuningdek ularni qalbakilashtirish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.