Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O'zbekiston Respublikasiga kirish yoxud O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o'tish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yorib o'tish yo'li bilan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan;
d) O'zbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa.
besh yildan o'n yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O'zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O'zbekiston Respublikasiga kirish
(223-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 октябрдаги ЎРҚ-974-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.10.2024 й., 03/24/974/0804-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.