Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o'zgartirish maqsadida sportchiga, trenerga, sport hakamiga yoxud sport musobaqalarining boshqa ishtirokchilari va tashkilotchilariga ular bajarishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora evaziga og'dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki ularni mulkiy manfaatdor etish, ushbu Kodeksning 211 va 213-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo'lmaganda, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) takroran;
b) ko'p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) juda ko'p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so'rab tovlamachilik qilingan bo'lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o'ttiz sutka ichida o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lsa va jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
214²-modda. Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og'dirib olish
(214¹ ва 214²-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 4 ноябрдаги ЎРҚ-988-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.11.2024 й., 03/24/988/0885-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.