Jinoyat kodeksi

21-modda. Qasddan sodir etilgan jinoyat

Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo'lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo'lib, uni sodir etgan shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo'lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo'lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to'g'ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo'lishi mumkin. Agar shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo'lsa, bunday jinoyat to'g'ri qasddan sodir etilgan deb topiladi. Agar shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo'l qo'ygan bo'lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.