Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o'z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o'ziga og'dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining o'z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o'ziga og'dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko'zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran;
b) ko'p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran;
b) ko'p miqdorda;
v) tamagirlik yo'li bilan;
g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) juda ko'p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti pora evaziga og'dirib olishni amalga oshirgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so'rab tovlamachilik qilingan bo'lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o'ttiz sutka ichida o'z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
192⁹-modda. Tijoratda pora evaziga og'dirib olish
(192⁹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.