Jinoyat kodeksi

188-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati

(188-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 мартдаги ЎРҚ-758-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2022 й., 03/22/758/0207-сон)

Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro'yxatidan o'tmasdan juda ko'p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish,— uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda soliqlar va yig'imlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o'rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub'yektining ro'yxatdan o'tkazilishini ta'minlagan va zarur bo'lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.