Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob'yektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko'rsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan qasddan bo'yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin ro'y bergan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlash:
a) takroran;
b) ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlash juda ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko'rsatilgan foyda (daromad) bo'yicha soliqlar va yig'imlar to'liq to'langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.
Agar birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs soliqlar va yig'imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanktsiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o'rnini tergovga qadar tekshiruv, tergov va birinchi instantsiya sudi bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar to'liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha, ko'p miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan ming baravarigacha, juda ko'p miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari va undan ortiq bo'lgan miqdor hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
184-modda. Soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlash
(184-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1131-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1131/0377-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.