Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan qasddan to'lovga qobiliyatsizlikka olib kelish, ya'ni to'lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko'paytirish, ushbu yuridik shaxsning yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning to'lovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
181¹-modda. Qasddan to'lovga qobiliyatsizlikka olib kelish
(181¹-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.