O'tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aktsiz markalar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar yasash yoki ularni o'tkazish —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko'p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) juda ko'p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
176-modda. Qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish
(176-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 10 августдаги ЎРҚ-389-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 32-сон, 425-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.