Jinoyat kodeksi

166-modda. Talonchilik

(166-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 10 августдаги ЎРҚ-389-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 32-сон, 425-модда)

Talonchilik, ya'ni o'zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Talonchilik: a) hayot va sog'liq uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib; b) ancha miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Talonchilik: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga g'ayriqonuniy ravishda kirib; v) ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Talonchilik: a) juda ko'p miqdorda; b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.