O'zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o'zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo'yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O'zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da'vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo'ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O'zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to'g'risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlagan holda sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hokimiyatni bosib olish yoki O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag'darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish —
o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fitna to'g'risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti, ko'rilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan bo'lsa, jazodan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
159-modda. O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish
(159-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.