Ushbu Kodeksning 155, 155², 155³, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 255¹ va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq ma'lum bo'lgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat to'g'risida xabar qilmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan o'sha qilmish:
a) odam o'lishiga;
b) boshqa og'ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
155¹-modda. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to'g'risidagi ma'lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik
(155¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.