Yollanish, ya'ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko'zlab, o'zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to'qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yollanma shaxsni yollash, o'qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta'minot berish, xuddi shuningdek undan harbiy to'qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish —
yetti yildan o'n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
154-modda. Yollanish
(154-модда Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 30 августдаги 535-II-сон Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2003 й., 9-10-сон, 149-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.