Fuqarolarning deputat yoki O'zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish, saylovoldi targ'iboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari o'z vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zo'rlik ishlatish, qo'rqitish, aldash yoki og'dirib olish yo'li bilan to'sqinlik qilish —
to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to'sqinlik qilish
(147-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.