Уголовный кодекс

141²-modda. Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchilikni buzish

(141²-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 октябрдаги ЎРҚ-726-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.10.2021 й., 03/21/726/1001-сон — 2022 йил 31 январдан кучга киради)

Shaxsga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo'q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'ida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxsga doir ma'lumotlar bazalarida shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, o'sha harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; v) g'arazli yoki boshqa past niyatlarda; g) xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa; d) og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Shaxsning shaxsiy ma'lumotlarini (ism, manzil, telefon, ID raqami va boshqalar) qonunga xilof ravishda yig'ish, saqlash, o'zgartirish yoki tarqatish jinoyatdir. Bu internet orqali ham sodir bo'lishi mumkin. Agar bunday ish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin yana takrorlanasa, jinoyat hisoblanadi. **Kimga tegishli** Bu qonun barcha shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qiladi. **Amalda** Kompaniya xodimi foydalanuvchilarning parol va bank ma'lumotlarini ruxsatsiz yig'ib, sotsa — bu jinoyatdir. Agar avval ma'muriy jazo berilgan bo'lsa va u yana shuning kabi ish qilsa, 141² moddaga ko'ra jinoyat sifatida javobgarlikka tortiladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.