Jinoyat kodeksi

135-modda. Odam savdosi

(135-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1065-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1065/0453-сон)

Odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan; v) homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan; g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo'lgan shaxsga nisbatan; d) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; ye) xizmat mavqeidan foydalangan holda; j) jabrlanuvchini O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o'tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda; z) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo'ygan, yashirgan yoxud yo'q qilib yuborgan holda; i) inson a'zolarini va (yoki) to'qimalarini olish maqsadida; k) fohishalik bilan shug'ullanishga jalb etish maqsadida sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) o'g'irlash, zo'rlik ishlatish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo'llash orqali sodir etilgan bo'lsa; b) o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud ushbu Kodeksning 137-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan; g) o'ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa; d) jabrlanuvchining o'limiga yoki boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa; ye) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.