Jinoyat kodeksi

133-modda. Inson a'zolarini va (yoki) to'qimalarini olish hamda transplantatsiya qilish shartlarini va (yoki) tartibini buzish

(133-модда номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 23 июндаги ЎРҚ-780-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.06.2022 й., 03/22/780/0560-сон)

Inson a'zolarini va (yoki) to'qimalarini olish hamda transplantatsiya qilishning belgilangan shartlarini va (yoki) tartibini buzish, bundan ushbu Kodeksning 115¹, 133¹, 133²-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shuningdek vafot etgan odamning a'zolarini yoki to'qimalarini u tirikligida uning roziligini olmay turib, ilmiy yoki ta'lim maqsadlarida buzilmaydigan holda saqlash (konservatsiya) uchun olish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) g'arazli yoki boshqacha past niyatlarda; b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) shaxs tomonidan o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa. uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.