Jinoyat kodeksi

13-modda. Qonunning vaqt bo'yicha amal qilishi

Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo'lgan qonun bilan belgilanadi. Agar ushbu Kodeks moddasida harakat yoki harakatsizlik sodir qilish payti jinoyat tamomlangan payt deb hisoblangan bo'lsa, ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Agarda ushbu Kodeks moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom bo'lgan deb hisoblangan bo'lsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi. Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya'ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni o'tayotgan yoki o'tab bo'lgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etiladi. Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.