Jinoyat kodeksi

122¹-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish

(122¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 мартдаги ЎРҚ-823-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.03.2023 й., 03/23/823/0150-сон — 2023 йил 16 июндан кучга киради)

O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo'lgan bolani ota, ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa yoxud O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo'lgan va chet davlat hududida turgan bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O'zbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishini ta'minlamaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa; b) badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha qilmish: a) o'ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa; b) jabrlanuvchining o'limiga sabab bo'lsa; v) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar shaxs O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo'lgan bolaning O'zbekiston Respublikasiga qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida ta'minlagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek ilgari ushbu modda bo'yicha javobgarlikdan ozod qilingan shaxslar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.