Jinoyat kodeksi

119-modda. Jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish

(119-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Zo'rlik ishlatib, qo'rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan; b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 121, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; v) bir guruh shaxslar tomonidan; g) o'ldirish bilan qo'rqitib; d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa, — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan; b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo'lgan shaxsga nisbatan; v) jabrlanuvchini tarbiyalash, o'qitish va (yoki) unga g'amxo'rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta'lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan; g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan; d) o'ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa; ye) og'ir oqibatlarga olib kelgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlar o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa, — o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.