Shaxsning o'z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo'lishi tufayli kasb yuzasidan o'z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko'rsatishi shart bo'lgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam ko'rsatmaganligi badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o'lishiga sabab bo'lsa, —
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida:
a) odamlar o'limiga;
b) boshqacha og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
116-modda. Kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik
(116-модда иккинчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.