Sog'liqning qisqa vaqt, ya'ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko'p bo'lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qotilishiga sabab bo'lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish ushbu Kodeksning 126¹-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) diniy taassublar zamirida;
b) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud shu guruh manfaatlarini ko'zlab;
v) qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan bo'lsa, —
bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
109-modda. Qasddan badanga yengil shikast yetkazish
(109-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 октябрдаги ЎРҚ-972-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 08.10.2024 й., 03/24/972/0785-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.