Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o'tayotgan mahkumlarning tuzalish yo'liga o'tganligi ushbu Kodeksning 102¹-moddasida nazarda tutilgan komissiya tomonidan har chorak yakunlariga ko'ra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi:
mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda bo'lishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash ko'nikmalarining shakllanganligi, o'qishga va kasb-hunar o'rganishga bo'lgan qiziqishi;
mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat bo'lishga intilishi;
mahkumning jazoni ijro etish muassasasida o'rnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan rag'batlantirish choralari qo'llanilganligi, unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo'llanilmaganligi;
mahkumning mahkumlarda to'g'ri ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar ro'yxatidagi kitoblarni o'qiganligi.
Mahkumni tuzalish yo'liga o'tgan yoki o'tmagan deb topish to'g'risidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yig'majildiga qo'shib qo'yiladi.
Komissiya tomonidan tuzalish yo'liga o'tmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshiriladi.
Tuzalish yo'liga o'tmagan deb topilgan mahkum komissiyaning xulosasi ustidan ushbu Kodeksning 107-moddasida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnУголовно-исполнительный кодекс
97¹-modda. Mahkumlarning tuzalish yo'liga o'tganligini aniqlash mezonlari
(97¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1114-сонли Қонунига асосан бешинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2026 й., 03/26/1114/0047-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 17 апрель)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.